Biz haqimizda

#

Yaqinlaringizni gullar bilan quvontiring

Mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi poytaxtimizda ham bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadal amalga oshirilayotir. Buning natijasida Toshkent kun sayin chiroy ochmoqda. Va biz ham shu yurtimiz go'zalligiga oz bo'lsada hissa qo'shayotganimizda bag'oyatda mamnunmiz. Bizning gul do'konimiz poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan. Do‘konimizdan turli xil gullar, 50 turdan ortiq ignabargli o‘simliklarni xarid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari daraxt va o‘simlik ko‘chatlari, har xil o‘g‘itlar, bog‘dorchilikka oid kitoblar, guldonlar, gultuvaklarni ham shu yerdan topishingiz mumkin. Malakali mutaxassislardan kerakli maslahatlarni ham aynan do'konimizga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.